O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Kudratov Laziz Shavkatovich

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Tarjimai hol: 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti va Xosey universitetini (Yaponiya) tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2003-2010 yy. - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2010-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Maslahatchi.

2014-2016 yy. - Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va qo‘llab quvvatlar bo‘yicha «O‘zinfoinvest» Agentligi Direktori.

2017-2019 yy. - Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining Birinchi o‘rinbosari.

2019-2022 yy. - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari.

2022 yil — hozirgi vaqtgacha - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o'rinbosari

Tarjimai hol: 1977 yili Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, 1998 y. Turkiya Respublikasi Gazi universitetini, 2005 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

 

1998-2001 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi korxonalar monitoringi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i

2001-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi Korxonalar monitoringi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili boshqarmasi boshlig‘i

2005-2006 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi monopolist va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2006-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarma boshlig‘i

2010-2013 yy. - Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarma boshlig‘i

2013-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasining moliyaviy-iqtisodiy tahlil va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish boshqarmasi boshlig‘i

2015-2017 yy. - Mehnat vazirligi Mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig‘i

2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlarning turizm salohiyatini  rivojlantirishni muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig‘i

2018-2018 yy. - Viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi investitsiya jarayonlari va dasturlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri

2019 y. - 2021 yy.  - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari

2021 y - 2022 yy. - Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2022-2022 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari.

2023 yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari.

Rustamov Olimxon Bakiyevich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari

Tarjimai hol: 1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

1989-1991 yy. – Toshkent xalq xo‘jaligi instituti kafedra assistenti.

1991-1994 yy. – M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti aspiranti.

1994-1995 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Ijtimoiy sohalarda buxgalteriya hisobi, nazorati va xo‘jalik faoliyati tahlili» kafedrasi katta o‘qituvchisi.

1995-1996 yy. – "O‘zbekinvest" milliy sug‘urta kompaniyasi bo‘limi boshlig‘i, moliyaviy qaltisliklarni sug‘urtalash departamenti menejeri.

1996-1998 yy. – Markaziy bank tijorat banklarini nazorat qilish departamenti tijorat banklarida o‘tkaziladigan auditni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.

1998-2002 yy. – “Turkiston” xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat investitsiya banki boshqaruvi raisi.

2002-2014 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektori.

2014-2016 yy. – "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi bosh direktori o‘rinbosari.

2016-2017 yy. – "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari. 

2017-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston  Respublikasi davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i.

2019-2020 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari.

2019-2020 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari.

2020-2022 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari.

2023 yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari. 

Teshabayev Xurram Fatixovich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari

Tarjimai hol: 1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

1992-1998 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi boshlig‘i.

1998-2006 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-byudjet siyosati markazi direktori. 

2006-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy kompleks tarkibida tashkil etilgan Taʼlim sektorini rivojlantirish Loyihasini amalga oshirish guruhi direktori.

2007-2012 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi direktori.

2012-2017 yy. – "Sharq telekom" masʼuliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori.

2018 y. – "Health Line" masʼuliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi rivojlanish masalalari bo‘yicha direktori.

2018-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki huzuridagi "Investitsiyalar ekspert markazi" direktori.

2019-2021 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori.

2021-2022 yy. - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari - Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori.

2023 yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari.

Xamrayev Oybek Nematovich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari

Tarjimai hol: 1984 yilda Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, 2006-yilda Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2012-yilda Siyosiy tadqiqotlar instituti (Yaponiya, magistratura)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2006-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Hududiy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi Respublika hududlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

2008-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Hududiy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi Respublika hududlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘limi bosh mutaxassisi.

2010-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Hududiy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi Respublika hududlarida eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.

2012-2014 yy. - O‘zbekistan Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish boshqarmasidagi Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining bosh mutaxassisi.

2014-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi “O‘zinfoinvest” xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va ko‘maklashish agentligining direktor o‘rinbosari.

2015-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi. 

2018-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi Erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘limi boshlig‘i.

2018-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi Investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida investorlarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi Investitsion muhitni takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i.

2019 – 2019yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.

2019-2020yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xalqaro hamkorlikni tahlil qilish va rejalashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2020-2020yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2020-2021yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.

2021 – 2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2022 – 2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Koreya Respublikasi bilan strategik hamkorlik departamenti direktori.

2023 yil 20 fevralidan x/v - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari.

 

Xamidov Sarvar Ibraximovich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari

Tarjimai hol: 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2008 - 2011 yy. - «Super iMAX» maʼsuliyati cheklangan jamiyatida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016 - 2017 yy. - «TEXNOPROGRESS» maʼsuliyati cheklangan jamiyati direktori

2017 - 2018 yy. - «IZOMAT TECH» maʼsuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori

2018 - 2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Investitsiya takliflarni ishlab chiqish bo‘yichi boshqarmasi yoqilg‘i energetikasi kompleksi, geologiya, kimyo, neftkimyo sohalarida investitsion takliflarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i.

2018 - 2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Issiqlik energetika kompleksi va kimyo sanoati sohasida investitsion siyosatni amalga oshirish departamenti Loyihalar portfelini shakllantirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i.

2019 - 2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yoqilg‘i - energetika sohasida va neft - kimyo tarmoqlarida investitsiya siyosatini yuritish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

2020 - 2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i

2021 – 2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi direktori.

2023 yil 20 fevralidan x/v - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari.

 

Abidov Badriddin Nurutdinovich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari

Tarjimai hol: 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, Toshkent  avtomobil-yo‘llari instituti, Toshkent Davlat xorijiy tillari pedagogika instituti, London (1993) va  Sarrey (1995) universitetlarida diplomatiya va til kurslari, Malayziyaning diplomatiya va tashqi aloqalar instituti(1994), BelgiyaLyuksemburg, Fransiya (1998) va Koreya Respublikasi institutlarini (1999) tomomlagan.

Mehnat faoliyati:

1992-1993 yy. – Toshkent  avtomobil-yo‘llari institutida stajyor-tadqiqotchi.1993-1996 yy.,  1998-1999 yy., 1998-2001 yy., 2016-2018 yy.  – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi tuzilmalarida ishlagan.

1996-1998 yy. – O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi (Er-Riyad sh.) Elchixonasida attashe.

2001-2003 yy – O‘zbekiston Respublikasining BMT qoshidagi (Nyu-York sh., AQSH) doimiy vakolatxonasida ikkinchi kotib.

2003-2013 yy. – BMT Bo‘limi qoshida hamda Jenevadagi (Shveysariya) boshqa xalqaro tashkilotlarda  O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonasida  birinchi kotib, rahbar vazifasini bajaruvchi.

2014 y. – O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorliklar Bo‘limi mudiri.

2016 y. – «O‘zpaxtasanoateksport» Xolding kompaniyasining tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, keyinchalik boshlig‘i.

2016-2018 yy. - Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi, Yevropa Ittifoqi va NATO tuzilmalari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

2018 y. – O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor  Elchisi.

2018-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari.

2019-2022 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari.

2023 yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech