O'zbekcha Русский Ўзбекча English

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 933-son “Birlashgan Arab Amirliklarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
  • Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi 77-II-sonli Qonuni (yangi tahriri)
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-maydagi PQ-4308-son “Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4301-son “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5643-sonli Farmoni
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-sonli qarori
  • Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 30.12.2021 йилдаги ПҚ-72-сон "Ўзбекистон Республикасининг 2022-2026 йилларга мўлжалланган инвестиция дастурини тасдиқлаш ҳамда инвестиция лойиҳаларини бошқаришнинг янги ёндашув ва механизмларини жорий этиш тўғрисида"
  • VMQ-355 talablari

    Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablar

    I) Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb saytida joylashtirish uchun majburiy boʻlgan axborotlar roʻyxati

    Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi oʻrinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy boʻlgan axborotlarga quyidagilar kiradi:

    Roʻyxat

    a) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

    b) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini, shu jumladan tartib-taomillar, davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud boʻlgan hujjatlar bundan mustasno);

    b1) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga).

    v) oldin davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    g) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;

    d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boʻlajak va oʻtkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kundalik faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotlar;

    ye) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    j) amalga oshirilishida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi axborotlar;

    z) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    i) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    k) boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    l) rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi talab;

    m) davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    n) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qoʻmitalar va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, oʻtkazish joyi va ularda qatnashish tartibi koʻrsatilgan holda ochiq majlislar oʻtkazish rejalari;

    p) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va maʼlumotlar.

    r) saytdan foydalanish, shuningdek saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati boʻyicha yoʻriqnoma.
    s) Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur boʻladigan statistik va boshqa axborotlar.

    Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari roʻyxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:

    Roʻyxat

    a) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik maʼlumotlar va ular bilan bogʻlanish maʼlumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari, shuningdek soatlari);

    b) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi va uning boʻlinmalarining (shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlinmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, maʼlumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yoʻllari, toʻxtash joylari va jamoat transporti raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    v) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining erkin koʻchirish uchun statistika hisoboti;

    g) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olishga soʻrovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar;

    d) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar;

    ye) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;

    j) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining statistik axborotlari;

    z) Internet tarmogʻidagi boshqa tegishli veb-saytlarga va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;

    i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olishga soʻrovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);

    k) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining matbuot xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (masʼul xodimlar bilan aloqaga kirishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);

    l) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati va ularning reglametlari;

    m) “Elektron davlat xizmatlari” va “Ochiq maʼlumotlar” alohida boʻlimlari;

    n) elektron pochta orqali hamda eʼlonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan SMS yuborish yoʻli bilan) orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;

    o) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining “Elektron hukumat” tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari koʻrsatiladi, qanday maʼlumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

    p) aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar.

    r) ularni koʻrsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari koʻrsatilgan holda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan koʻchirma yoki bunday axborot mavjud boʻlgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola.

    Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai koʻrsatilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

    II) Rasmiy veb-saytni yuritishga qoʻyiladigan talablar

    Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul boʻlishi kerak.
    Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatilishi mumkin.

    Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi koʻrsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.
    Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir.

    Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarning buyrugʻi bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni (boʻlinmani) belgilaydi.

    Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmogʻidagi “.UZ” domen zonasida va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).

    Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega boʻlishi mumkin.

    Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yoʻq qilinishi, toʻsib qoʻyilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish boʻyicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.

    Barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy boʻlgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:

    Roʻyxat

    a) veb-sayt boʻyicha kengaytirilgan izlash, shuningdek boshlangʻich izlash natijasi asosida chuqur izlash vazifalari;

    b) mobil qurilmalar uchun adaptatsiya qilingan dizaynli veb-sayt versiyasi;

    v) imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi funksiyalari va boshqalar);

    g) veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (mahfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);

    d) fuqarolar murojaatlarining koʻrib chiqilishi holati va vaqtini, shuningdek elektron davlat xizmatlar koʻrsatish holatini kuzatib borish, shu jumladan elektron pochtaga va/yoki arizachining mobil telefoniga bildirishnomalar yuborish;

    ye) muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish;

    j) jamoatchilik fikrini oʻrganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-soʻrovlar, bloglar, forum, onlayn-chat);

    z) kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari;

    i) veb-sayt orqali xizmatlardan foydalanishning hisobini yuritish mexanizmi.

    Davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy boʻlgan asosiy funksiyalarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:

    a) yerni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarga ijaraga berish toʻgʻrisidagi axborotlar;


    b) dastlabki koʻrib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash boʻyicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning roʻyxati va tarkibi;


    v) hokimlarning aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reyestri.

    Toʻgʻridan-toʻgʻri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar koʻrsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan davlat unitar korxonalari oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funksiyalarni nazarda tutishlari kerak:

    a) tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) toʻgʻrisidagi toʻliq va dolzarb maʼlumotlarni qulay shaklda taqdim etish;

     


    b) Internet tarmogʻi orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq toʻlash va tasdiqlash imkoniyati.

    Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:

    a) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, soʻrovnomalar, blanklar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini toʻldirish;


    b) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa toʻlovlarga on-layn haq toʻlash;


    v) xizmatlar koʻrsatishga soʻrovni rasmiylashtirishda (shakllarni toʻldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.

    III) Rasmiy veb-saytning tarkibiga qoʻyiladigan talablar

    Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini taʼminlashi kerak.

    Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli boʻlishi kerak. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.

    Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan axborot bilan teng kuchga ega boʻladi.

    Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan eʼlon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar boʻlmasligi kerak.

    Hujjatga havola

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech