O'zbekcha Русский Ўзбекча English

2019 yil 30 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4409-sonli “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi loyixasi ishlab chiqilgan.

Ushbu loyiha respublikamizning aholi turar joylarida shahar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan qator amaliy tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi, jumladan, suv taʼminoti tizimi va kanalizatsiya tarmog‘ini yaxshilash, obodonlashtirish, piyodalar va velosiped yo‘llarini loyihalashtirish va qurish va boshqalar.

Taʼkidlash joizki, ushbu loyiha sinov loyiha hisoblanib, bu kabi loyihalar O‘zbekistonda ilgari amalga oshirilmagan. Loyihaning maqsadi shaharsozlik yo‘nalishidagi yangi yechimlar orqali shaharning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdir.

Joriy yilning iyul oyiga kelib ushbu loyiha doirasida Namangan viloyati Chortoq shahrida joylashgan sobiq 17-sonli bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bolalar bog‘chasi binosini "Yoshlar ijod markazi" ga aylantirish rejalashtirilgan.

Sobiq 17-sonli bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilish jarayonida loyihaning asosiy vazifasi binoning asl meʼmoriy-konstruktiv parchalari va elementlarini saqlab qolishdir. Ushbu bino noyob madaniy obyekt bo‘lib, u yerda ijod uchun barcha sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Chortoq shahrida Uchta shaharda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish, Chortoq shahrida velosiped va piyodalar ekologik yo‘li qurish loyixalarining smeta va tender hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda.

Chortoqda sog‘liqni saqlash turizmini rivojlantirish maqsadida Respublikada mahalliy va xorijiy sayyohlarga mo‘ljallangan birinchi ekologik shaharni yaratish rejalashtirilgan.

Loyihalar amalga oshiriladigan shaharlarning ekologik muhitini saqlab qolish, shuningdek, mintaqaviy hokimiyat organlarining mashinasozlik bazasini rivojlantirish maqsadida 43 ta maxsus texnika sotib olish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda maxsus uskunalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar bilan shartnomalar imzolangan. Yakuniy shartnoma shartlariga muvofiq maxsus jihozlarni yetkazib berish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Sotib olingan maxsus texnikalarni saqlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida, Chortoq va Kogon shaharlarida garajlar qurish uchun pudratchilarni tanlash bo‘yicha tender ishlari yakunlandi. Hozirgi vaqtda pudratchilar tomonidan tayyorgarlik ishlari yakunlanib, garaj majmualari qurilishining boshlang‘ich bosqichlari boshlanish arafasida.

Shu bilan birga, "Amirlik saroyi va unga tutash hududni, shuningdek, Kogon shahridagi boshqa madaniy meros obyektlarini tiklash va qayta foydalanish uchun moslashtirish" hamda, "Kogon, Chortoq shaharlarini obodonlashtirish, shuningdek Kogon-Buxoro avtobus yo‘nalishini tashkil etish» bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga jalb qilingan konsalting kompaniyalarini tanlash jarayoni olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 4 iyun kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli loyihaning qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatining Chortoq shahriga tashrif buyurganini taʼkidlash lozim.

Safar davomida Jahon banki delegatsiyasi rahbariniga shaharsozlik bo‘yicha mutaxassis Rosanna Nitti va bankning boshqa mutaxassislari hamrohlik qildilar.

Ular hozirgi vaqtda energiya samaradorligini oshirish va sobiq bolalar bog‘chasi binosini Yoshlar ijodiyoti markazi va muzeyga aylantirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan Maʼmuriy bino va sobiq 17-bolalar bog‘chasi binosini o‘z ichiga olgan obyektlarni ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, delegatsiya hududlarni obodonlashtirish va mahallalarni shahar markazi va sanatoriya bilan bog‘laydigan Chortoqsoy daryosi bo‘ylab 11 km uzunlikdagi piyodalar va velosiped eko-yo‘lini qurish rejalashtirilgan zonalarga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, ekologik yo‘l hududida oilaviy dam olish va ko‘ngil ochar maskanlarni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, u yerda piyoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va kichik ommaviy tadbirlarni o‘tkazish imkoni mavjud bo‘ladi.

Xavfsizlikni taʼminlash uchun hududga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

Tashrif davomida Jahon banki vakolatxonasi rahbariga loyihaning to‘liq konsepsiyasi taqdim etildi.

O‘z navbatida, o‘zbek tomon taʼkidlashicha, COVID-19 pandemiyasi davrida ushbu loyihani amalga oshirish ishlari sekinlashgan, ammo pandemiyadan keyingi davrda loyiha amalga oshirilishida sezilarli yutuqlarni namoyish etmoqda.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Mantovanelli Jahon banki O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunligini va loyiha juda yaxshi natijalarga erishayotganini taʼkidladi, hamda uni amalga oshirishni tezlashtirishgda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech