Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

2019-yil 30-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-4409-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Jahon banki guruhiga kiradigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladigan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihaga muvofiq respublika aholi punktlarida shahar infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmog‘ini yaxshilash, piyodalar va velosiped yo‘laklarini obodonlashtirish, loyihalash va qurishga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Taʼkidlash kerakki, bu - pilot loyihadir u kabi loyihalar O‘zbekistonda bundan oldin amalga oshirilmagan. Loyihaning maqsadi – shaharsozlik yechimlari orqali shaharlarning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat.

Shunday qilib, joriy yilning oktyabr oyiga qadar loyiha doirasida Chortoq shahridagi sobiq 17-sonli bolalar bog‘chasining binosini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish davom etmoqda. Bog‘cha binosi "Yoshlar ijodiyoti markazi" uchun moslashtirilishi rejalashtirilgan.

17-sonli sobiq bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilishda loyihaning asosiy vazifasi binoning asl meʼmoriy va tarkibiy qismlarini va elementlarini saqlab qolishdir. Bino ijod qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladigan noyob madaniy obyekt bo‘ladi.

Shaharlarining ekologik muhitini saqlash, shuningdek, tuman hokimligining transport bazasini rivojlantirish maqsadida loyiha doirasida 43 ta maxsus texnika vositalarini sotib olish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda maxsus uskunalar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar imzolangan. Tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, maxsus uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugungi kunga kelib ko‘tarish quvvati 16t. - 1 ta, 25t. - 3 ta yuk ko‘tarma kranlarning Chortog‘, Kogon va Yangiyo‘l shaharlari xokimiyatlariga topshirish ishlari amalga oshirildi. Sotib olingan maxsus texnikaga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash maqsadida Chortog‘ va Kogon shaharlarida garajlar qurish uchun pudratchilarni tanlash bo‘yicha tanlov savdolari yakunlandi. Hozirgi kunda pudratchi tashkilotlar tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.  Shu bilan birga, Yangiyo‘l shahrida garaj majmuasini qurish uchun pudratchi tashkilot tanlash bo‘yicha tanlov savdolari nihoyasiga yetdi. Jahon bankining tartib-qoidalariga ko‘ra, 14.10.2021 yil soat 10:00gacha tanlov ishtirokchilari tanlov natijalari yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin va hozirgi vaqtda ushbu davr tugashi kutilmoqda.

2021 yil 17 avgust kuni Chortog‘ shahridagi eski bozorni rekonstruksiya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tanlov savdolari yakunlari bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish guruhi hamda “Chortoq Arhitekt Qurilish” MCHJ (O‘zbekiston) o‘rtasida shartnoma imzolandi. Shartnoma belgilangan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Pudratchi tashkilotdan ish hajmi bajarilishi to‘g‘risida bank kafolatini taqdim etishi kutilmoqda.

Kogon va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smetalari va tender hujjatlari ishlab chiqildi va ijobiy ekspertiza xulosasi olindi. Chortog‘ shahri uchun xulosa olinishi kutilmoqda. Hozirgi kunda hujjatlar Jahon banki, tarmoqning ilmiy-texnikaviy kengashi va tender komissiyasi aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Chortog‘ shahrida velosiped va piyodalar uchun eko-yo‘lakni qurish paketining doirasida loyiha-smetalari va tender hujjatlarini ishlab chiqish ishlari yakunlandi. Hujjatlar Qurilish vazirligiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etildi.

Kogon, Chortog‘ shaharlarini obodonlashtirish bo‘yicha loyiha-smetalari va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini tanlash hamda Kogon-Buxoro avtobus yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha tanlov savdolari yakunlandi. 2021-yilning 9-avgustidagi tanlov savdolari natijalariga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Loyihani amalga oshirish guruhi va Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co.LTD (Janubiy Koreya) Kogon, Chortog‘ shaharlarini obodonlashtirish, shuningdek, Kogon-Buxoro avtobus marshrutini tashkillashtirish bo‘yicha loyiha-smeta va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun konsalting xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shartnoma belgilangan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shartnoma kuchga kirdi va maslahatchi xodimlari safarbar etildi, dastlabki maʼlumotlar to‘planmoqda.

Shu bilan birga, "Amirning saroyi va unga tutash hududni, shuningdek, Kogon shahridagi boshqa madaniy meros obyektlarini qayta tiklash va adaptiv qayta ishlatish"komponenti ostida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish uchun konsalting kompaniyasini tanlash jarayoni yakuniga yetmoqda.