2019-yil 30-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-4409-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Jahon banki guruhiga kiradigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladigan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha respublikaning o‘rta va kichik shaharlarida shahar infratuzilmasini takomillashtirish va kichik biznes uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunga asosiy infratuzilma to‘siqlarni hamda uzoq muddatli rivojlanishni cheklovchi omillarini bartaraf etish orqali hayot sifatini, o‘rta shaharlar funksionalligi va jozibadorligini yaxshilash kiradi. Shunday qilib, shaharlarning ayrim hududlarida funksional jihatlar yuksalanadi va turmush sharoitlari yaxshilanadi.
Xususan, loyiha suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yaxshilash, shaharlarni obodonlashtirish, Chortoq shahrida piyodalar va velosiped Eko-yo‘llaklarini loyihalash va qurish, Kogon shahrida sayyohlik obyektlarini barpo etish, Kogon-Buxoro yo‘nalishida maxsus avtobus harakatlanuvchi qismini tashkil etish va boshqalarni nazarda tutadi.
Bu pilot loyiha hisoblanadi. Unga o‘xshash loyihalar O‘zbekistonda ilgari amalga oshirilmagan. Loyihaning maqsadi shahar rejalashtirishning samarali yechimlari orqali shaharlarning iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishdir. Loyihaning birinchi bosqichi bilan Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shaharlari qamrab olingan.
Joriy yilning noyabr holatiga Chortoq shahridagi sobiq 17-bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Bolalar bog‘chasi binosi “Yoshlar ijodiyoti markazi”ga moslashtirilmoqda.
17-sonli sobiq bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilish jarayonida loyihaning asosiy vazifasi binoning asl meʼmoriy va tarkibiy qismlari va elementlarini saqlab qolishdir. Bu bino - ijod uchun barcha sharoitlar yaratiladigan noyob madaniy obyekt bo‘ladi.
Loyiha shaharlarning ekologik muhitini yaxshilash, shuningdek, tuman hokimliklarining moddiy bazasini rivojlantirish maqsadida loyiha tomonidan shahar xizmatlari uchun 43 ta maxsus texnika sotib olish ko‘zda tutilgan. Hozirgi vaqtda maxsus uskunalarni yetkazib berish boshlandi. Jumladan, Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shahar hokimliklari avtokranlar, suv tashuvchilar, suv sepish mashinalari, axlat tashuvchi mashinalari va boshqalarni qabul qildilar.
Xarid qilingan maxsus texnikalarni saqlash va unga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shaharlarida garaj majmualari qurilmoqda.
Loyiha amalga oshirilayotgan shaharlarning turistik jozibadorligini oshirish va bu sohada tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Chortoq shahri markazidagi Eski bozor binosini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlari va hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Bozor binosini rekonstruksiya qilish jarayonida loyihaning asosiy vazifasi binoning asl meʼmoriy va tarkibiy qismlari va mozaik elementlarini saqlab qolishdir.
Bundan tashqari, Chortoq, Kogon va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlandi. Shuningdek, loyiha doirasida Chortog‘ shahrida velosiped va piyodalar Eko-yo‘li qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta va tender hujjatlarini ishlab chiqish yakunlandi.
Shu bilan birga, xalqaro konsalting kompaniyalari tomonidan Kogon, Chortoq va Yangiyo‘l shaharlarini obodonlashtirish (shu jumladan, Kogon-Buxoro yo‘nalishida maxsus avtobus haqarakati uchun yo‘l qismini tashkil etish), shuningdek, Kogon shahrida madaniy meros obyektlarini qayta taʼmirlash bo‘yicha loyiha-smeta va tender hujjatlarini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.