2019-yil 30-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4409 qarori qabul qilindi va Jahon banki guruhiga kirayotgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish" loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Respublikaning aholi yashash punktlarida shahar infratuzilmasini yaxshilash, jumladan, suv taʼminoti va oqova suv tarmog‘i tizimini yaxshilash, piyodalar hamda velosipedlar yo‘laklarini obodonlashtirish, loyihalash va taʼmirlashga qaratilgan hamda boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, joriy yilning iyun oyi holatiga loyiha doirasida Namangan viloyatining Chartak shahridagi 17-sonli sobiq bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish ishlari olib borilmoqda. Bog‘cha binosini “Yoshlar ijodiyoti markazi”ga moslashtirish ko‘zda tutilgan.
Xarid qilinayotgan maxsus texnikaga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash maqsadida Chortoq va Kogon shaharlarida garajlar qurish uchun pudratchi tashkilotini tanlash bo‘yicha tender savdosi o‘tkazildi. Hozirgi vaqtda pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy ommaviy axborot vositalarida va tenderweek.com veb-saytida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida garaj majmuasini qurish, shuningdek, Namangan viloyati Chortog‘ shahridagi eski bozorni rekonstruksiya qilish uchun pudratchi tashkilotlarni tanlash to‘g‘risida eʼlonlar joylashtirildi.
Loyihaning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvi tizimlarini qayta taʼmirlash, Chortoq shahrida velosiped va piyodalar eko-yo‘lakchasini qurish kabi boshqa komponentlari bo‘yicha loyiha-smeta va tender hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyalarini tanlash jarayoni davom etmoqda.