Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar
I) Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb saytida joylashtirish uchun majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati
-
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi o‘rinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:
Ro‘yxat
a) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
b) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini, shu jumladan tartib-taomillar, davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno);
b1) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga).
v) oldin davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
g) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, Hukumat hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy maʼlumotlar;
d) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;
ye) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
j) amalga oshirilishida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;
z) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
i) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
k) bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
l) rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;
m) davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
n) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
o) majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o‘tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko‘rsatilgan holda ochiq majlislar o‘tkazish rejalari;
p) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va maʼlumotlar.
r) saytdan foydalanish, shuningdek saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma.
s) O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan statistik va boshqa axborotlar.
-
-
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:
Ro‘yxat
a) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik maʼlumotlar va ular bilan bog‘lanish maʼlumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari, shuningdek soatlari);
b) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi va uning bo‘linmalarining (shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, maʼlumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo‘llari, to‘xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
v) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlaridagi, manzillardagi va shu kabilardagi), shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining erkin ko‘chirish uchun statistika hisoboti;
g) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida maʼlumot olishga so‘rovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;
d) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy maʼruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumotlar;
ye) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;
j) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining statistik axborotlari;
z) Internet tarmog‘idagi boshqa tegishli veb-saytlarga va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;
i) teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida maʼlumot olishga so‘rovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron-raqamli imzodan foydalanishga qarab);
k) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining matbuot xizmati to‘g‘risidagi maʼlumotlar (masʼul xodimlar bilan aloqaga kirishish to‘g‘risidagi maʼlumotlar);
l) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati va ularning reglametlari;
m) "Elektron davlat xizmatlari" va "Ochiq maʼlumotlar" alohida bo‘limlari;
n) elektron pochta orqali hamda eʼlonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan SMS yuborish yo‘li bilan) orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;
o) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining «Elektron hukumat» tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, qanday maʼlumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
p) aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar.
r) ularni ko‘rsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari ko‘rsatilgan holda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan ko‘chirma yoki bunday axborot mavjud bo‘lgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola.
-
-
-
Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
II) Rasmiy veb-saytni yuritishga qo‘yiladigan talablar
-
Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo‘lishi kerak.
Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin. -
Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko‘rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir. -
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarning buyrug‘i bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun masʼul bo‘lgan shaxslarni (bo‘linmani) belgilaydi.
-
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmog‘idagi “.UZ” domen zonasida va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).
-
Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega bo‘lishi mumkin.
-
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo‘q qilinishi, to‘sib qo‘yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.
-
Barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo‘lgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:
Ro‘yxat
a) veb-sayt bo‘yicha kengaytirilgan izlash, shuningdek boshlang‘ich izlash natijasi asosida chuqur izlash vazifalari;
b) mobil qurilmalar uchun adaptatsiya qilingan dizaynli veb-sayt versiyasi;
v) imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi funksiyalari va boshqalar);
g) veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (mahfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);
d) fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi holati va vaqtini, shuningdek elektron davlat xizmatlar ko‘rsatish holatini kuzatib borish, shu jumladan elektron pochtaga va/yoki arizachining mobil telefoniga bildirishnomalar yuborish;
ye) muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;
j) jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-so‘rovlar, bloglar, forum, onlayn-chat);
z) kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari;
i) veb-sayt orqali xizmatlardan foydalanishning hisobini yuritish mexanizmi.
-
Davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo‘lgan asosiy funksiyalarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:
a) yerni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarga ijaraga berish to‘g‘risidagi axborotlar;
b) dastlabki ko‘rib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning ro‘yxati va tarkibi;
v) hokimlarning aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reyestri. -
-
-
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat unitar korxonalari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funksiyalarni nazarda tutishlari kerak:
a) tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to‘g‘risidagi to‘liq va dolzarb maʼlumotlarni qulay shaklda taqdim etish;
b) Internet tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to‘lash va tasdiqlash imkoniyati.-
Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:
a) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, so‘rovnomalar, blanklar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini to‘ldirish;
b) shu jumladan mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa to‘lovlarga on-layn haq to‘lash;
v) xizmatlar ko‘rsatishga so‘rovni rasmiylashtirishda (shakllarni to‘ldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.III) Rasmiy veb-saytning tarkibiga qo‘yiladigan talablar
-
Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini taʼminlashi kerak.
-
Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo‘lishi kerak. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
-
Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo‘ladi.
-
Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan eʼlon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo‘lmasligi kerak.
-