O'zbekcha Русский Ўзбекча English

"Total Eren" O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida

Joriy yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov “Total Eren” korxonasi vitse-prezidenti Antuan Garret bilan uchrashdi. Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish natijalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejalariga e’tibor qaratildi.

Jumladan, hamkorlikdagi sa’y-harakatlar samaradorligining yorqin misoli sifatida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 2022-yil aprel oyida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgani haqida so’z bordi. "Total Eren" kompaniyasining yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga niyati borligi bildirildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar mamlakatimizda bo‘lgan yangi fotoelektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ma'lumot uchun: "Total Eren" qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan elektr stansiyalarini qurish, loyihalash, moliyalashtirish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Korxona dunyoning 22 ta davlatida faoliyat yuritadi. Jami "Total Eren" tomonidan ishga tushirilgan ob'yektlar va loyihalashtirilayotgan energiya ishlab chiqarish korxonalarining umumiy quvvati 4 GVt dan oshadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech