O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Turkiya kompaniyalari O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Namangan viloyati boshqarmasi rahbariyati Turkiyaning “Akcha Holding” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi Ahmet Bilge Goʻksan boshchiligidagi delegatsiya bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Muzokarada turk kompaniyasi vakillariga investorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan sharoitlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Toʻqimachilik sanoati rivojiga ijobiy taʼsir etuvchi omillar sifatida paxta klasterlari va kichik sanoat zonalari qayd etildi.

Shuningdek, Pop tumanida “ArtsSoftTex” kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 250 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bo‘sh turgan binolar va inshootlar bilan tanishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech