O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Zeppelin International AG korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-yanvar kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov "Zeppelin International AG" korxonasi boshqaruvi raisi Frank Yanas bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: "Zeppelin International AG" korxonasi 1950-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda u dunyoning 43 davlatida faoliyat yuritadi, yillik savdo aylanmasi 3,7 milliard yevroni tashkil etadi. Korxona Caterpillar rusumli texnika vositalarining O‘zbekistondagi rasmiy eksklyuziv dileri hisoblanadi. 2022-yil may oyida Toshkentda yirik tugunli usulda avtomobil yig‘ish bo‘yicha Caterpillar zavodi ishga tushirildi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda Caterpillar uskunalari butlovchi qismlarni ta’mirlash va tiklash Markazini tashkil etish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida uning ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbirlarni hamda qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech