2019-yil 30-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-4409-sonli “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Jahon banki guruhiga kiradigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladigan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga muvofiq respublika aholi punktlarida shahar infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmog‘ini yaxshilash, piyodalar va velosiped yo‘laklarini obodonlashtirish, loyihalash va qurishga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Taʼkidlash kerakki, bu - pilot loyihadir u kabi loyihalar O‘zbekistonda bundan oldin amalga oshirilmagan. Loyihaning maqsadi – shaharsozlik yechimlari orqali shaharlarning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat.
Shunday qilib, joriy yilning sentyabr oyiga qadar loyiha doirasida Chortoq shahridagi sobiq 17-sonli bolalar bog‘chasining binosini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish davom etmoqda. Bog‘cha binosi "Yoshlar ijodiyoti markazi" uchun moslashtirilishi rejalashtirilgan.
17-sonli sobiq bolalar bog‘chasi binosini rekonstruksiya qilishda loyihaning asosiy vazifasi binoning asl meʼmoriy va tarkibiy qismlarini va elementlarini saqlab qolishdir. Bino ijod qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladigan noyob madaniy obyekt bo‘ladi.
Shaharlarining ekologik muhitini saqlash, shuningdek, tuman hokimligining transport bazasini rivojlantirish maqsadida loyiha doirasida 43 ta maxsus texnika vositalarini sotib olish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda maxsus uskunalar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar imzolangan. Tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, maxsus uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bugungi kunga kelib ko‘tarish quvvati 16t. - 1 ta, 25t. - 3 ta yuk ko‘tarma kranlarning Chortog‘, Kogon va Yangiyo‘l shaharlari xokimiyatlariga topshirish ishlari amalga oshirildi.
Sotib olingan maxsus texnikaga xizmat ko‘rsatish va saqlash maqsadida Chortog‘ va Kogon shaharlarida garajlar qurish uchun pudratchilarni tanlash bo‘yicha tanlov savdolari yakunlandi. Hozirgi kunda pudratchi tashkilotlar tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, Yangiyo‘l shahrida garaj majmuasi qurilishi uchun pudratchi tashkilot tanlash bo‘yicha tanlov savdolari nihoyasiga yetmoqda. Jahon bankining tartib-qoidalariga ko‘ra, 31.08.2021 yilda pudratchilardan tushgan texnik takliflar baholanmoqda.
2021-yil 17-avgust kuni Chortog‘ shahridagi eski bozorni rekonstruksiya qilish bo‘yicha tanlov savdolari yakunlari bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish guruhi hamda “Chortoq Arhitekt Qurilish” MCHJ (O‘zbekiston) o‘rtasida shartnoma imzolandi. Shartnoma belgilangan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.
“Corporate Solutions Consulting Limited” (Buyuk Britaniya)/ “Engineering Consultants Groups” (Misr) va “Diamond Network Ltd” (O‘zbekiston) QK maslahatchisi tomonidan loyiha-smetalari va tender hujjatlarini ishlab chiqish yakunlandi va uchta shaharda ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ekspertizaning ijobiy natijalari olindi. Hozirgi kunda hujjatlar Jahon banki, tarmoqning ilmiy-texnikaviy kengashi va tender komissiyasi aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Chortog‘ shahrida velosiped va piyodalar uchun eko-yo‘lakni qurish paketining doirasida loyiha-smetalari va tender hujjatlarini ishlab chiqish ishlari yakunlandi. Hujjatlar Qurilish vazirligiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim tildi.
Kogon, Chortog‘ shaharlarini obodonlashtirish bo‘yicha loyiha-smetalari va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini tanlash hamda Kogon-Buxoro avtobus yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha tanlov savdolari yakunlandi. 2021 yilning 9 avgustidagi tanlov savdolari natijalariga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Loyihani amalga oshirish guruhi va Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co.LTD (Janubiy Koreya) Kogon, Chortog‘ shaharlarini obodonlashtirish, shuningdek, Kogon-Buxoro avtobus marshrutini tashkillashtirish bo‘yicha loyiha-smeta va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun konsalting xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shartnoma belgilangan tartibda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shartnoma kuchga kirdi va maslahatchi xodimlari safarbar etildi, dastlabki maʼlumotlar to‘planmoqda.
Shu bilan birga, "Amirning saroyi va unga tutash hududni, shuningdek, Kogon shahridagi boshqa madaniy meros obyektlarini qayta tiklash va adaptiv qayta ishlatish"komponenti ostida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish uchun konsalting kompaniyasini tanlash jarayoni davom etmoqda.