Davlat rahbarining 2017-yil 5-iyulda eʼlon qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qoʻllab –quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni № UP-5106 hamda 2017-yil 18-iyulda qabul qilingan «Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining № PP-3133 ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining liderlar Kengashi faoliyat boshladi.
Liderlar Kengashi oʻz faoliyati davomida vazirlikdagi yosh xodimlarning davlatimizning yoshlar siyosatini izchil va samarali hayotga joriy etish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab –quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan taklif va mulohazalarini ilgari suradi.
Ёш мутахассисларни танлаш ДАСТУРИ